ISLOM BANKLARINING FAOL OPERATSIYALARI.

Authors

  • Muxammadiyev Kamoliddin Author
  • Baratov Hayotbek Author

Keywords:

Kalit so’zlar: Islom bankchiligi, faol operatsiyalar, mudoraba, mushoraka, murabaha, ijara, salam, shariat tamoyillari, foizsiz moliya, real aktivlar, islom moliya vositalari, investitsion kreditlash, riskni taqsimlash, islom banklari tajribasi.

Abstract

Mazkur maqolada islom moliya tizimi tamoyillariga tayangan holda faoliyat yurituvchi islom banklarining asosiy faol operatsiyalari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda foiz (ribo)ni taqiqlovchi shariat qoidalariga asoslangan moliyaviy bitimlar mohiyati yoritilib, mudoraba, mushoraka, murabaha, ijara va salam kabi asosiy shartnomalarning iqtisodiy mazmuni hamda amaliy qo‘llanishi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, islom banklarining moliyalashtirish yondashuvi, risklarni taqsimlash mexanizmi, real aktivlarga tayanuvchi investitsion kreditlash va loyihalarni sheriklik asosida moliyalashning afzalliklari tahlil qilinadi. Uslubiy qismda an’anaviy bank amaliyotidan farqlanadigan jihatlar, bank-mijoz munosabatlari, daromad shakllanish mexanizmi hamda iqtisodiy barqarorlikka ta’siri o‘rganiladi. Tadqiqot yakunida xalqaro tajriba va O‘zbekiston bank tizimi rivojlanishida islom banklarining roli, istiqbollari hamda raqamli islom moliya xizmatlarini kengaytirish imkoniyatlari bo‘yicha xulosalar beriladi.

Published

2026-01-11