RAQAMLASHTIRISHNING KOMPANIYANING MOLIYAVIY BOSHQARUVIGA TA’SIRINI TAHLIL QILISH

Authors

  • Qudratova Gulbahor No‘manovna Author

Abstract

Raqamlashtirish hozirgi davrda kompaniyalar moliyaviy boshqaruv tizimini tubdan o‘zgartirayotgan muhim omillardan biri hisoblanadi. Moliyaviy boshqaruvning asosiy vazifasi kompaniya moliyaviy resurslaridan samarali foydalanish, daromad va xarajatlarni muvozanatda ushlash hamda barqaror rivojlanishni ta’minlashdan iborat. Aynan raqamli texnologiyalar ushbu vazifalarni bajarishda yuqori aniqlik va tezkorlikni ta’minlab bermoqda. O‘zbekiston sharoitida ham so‘nggi yillarda raqamlashtirish jarayoni davlat va xususiy sektor moliyaviy boshqaruvida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Published

2026-01-12