MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARDA KOMMUNIKATIV KOʻNIKMALARNI RIVOJLANTIRISHDA INTERAKTIV PEDAGOGIK TAʼLIMIY RESURSLARDAN FOYDALANISH METODIKASI
Keywords:
Kalit soʻzlar: maktabgacha taʼlim, kommunikativ koʻnikmalar, interaktiv resurslar, pedagogik metodika, muloqot, axborot-kommunikatsiya, multimedia, innovatsion texnologiyalar, o‘quv jarayoni, bolalar rivoji.Abstract
Annotatsiya: Maktabgacha taʼlim tashkilotlarda kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirishda interaktiv pedagogik taʼlimiy resurslardan foydalanish metodikasining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lib, bu soha zamonaviy ta’lim jarayonining dolzarb va muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Taʼlim jarayonida kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish nafaqat bolalarning kundalik hayot faoliyati, balki ularning keyingi bosqichda muvaffaqiyatli shaxs sifatida shakllanishida ham muhim ahamiyatga ega. Shu sababli ham maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘zaro muloqotga kirisha olish qobiliyatini oshirish, atrofdagilar bilan sog‘lom ijtimoiy aloqalar o‘rnatish malakasini tarkib toptirish bugungi pedagoglarning diqqat markazida bo‘lib kelmoqda.