INKLYUZIV TA’LIMDA IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MUHITNI SHAKLLANTIRISH OMILLARI

Authors

  • FARANGIZ NAZAROVA FARXOD QIZI Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: inklyuziv ta’lim, ijtimoiy-psixologik muhit, hamkorlik, kommunikatsiya, integratsiya, qo‘llab-quvvatlash, tolerantlik.

Abstract

         Inklyuziv ta’limda ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish ta’lim jarayonida barcha o‘quvchilarning teng imkoniyatlarda ishtirok etishini ta’minlashga xizmat qiladi. Ushbu maqolada inklyuziv ta’lim muhitida o‘quvchilarning ijtimoiylashuvi, sinf jamoasida o‘zaro hurmat va hamkorlikni rivojlantirish omillari yoritiladi. Shuningdek, o‘qituvchi va ota-onalarning psixologik tayyorgarligi, o‘quvchilar orasida ijobiy kommunikatsiyani shakllantirish hamda o‘zaro qo‘llab-quvvatlash madaniyatini rivojlantirish masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari inklyuziv ta’limni samarali tashkil etishda ijtimoiy-psixologik omillarning muhim o‘rin tutishini ko‘rsatadi.

Published

2025-08-22