AKTYORLIK MAHORATINI SHAKLLANTIRISHDA SAHNA HARAKATI VA JANGINING O‘RNI

Authors

  • Komilov Mo‘minjon Abduraximjon o‘g‘li Author
  • Komilova Mushtariybegim G‘ofurjon qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: aktyorlik mahorati, sahna harakati, sahna jangi, plastik ifoda, jismoniy trening, sahnaviy obraz, teatr pedagogikasi.

Abstract

Mazkur maqolada aktyorlik mahoratini shakllantirishda sahna harakati va sahna jangining nazariy, pedagogik hamda amaliy ahamiyati tahlil etiladi. Sahna harakati aktyorning jismoniy imkoniyatlarini rivojlantirish, ichki ruhiy holatni tashqi plastik ifoda orqali ochib berish vositasi sifatida yoritiladi. Sahna jangi esa aktyorning sahnadagi ishonchliligi, hamkor bilan o‘zaro munosabati va dramatik ziddiyatni badiiy ifodalashdagi muhim omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada zamonaviy teatr ta’limida sahna harakati va jangi fanlarining o‘rni, mashg‘ulotlar tizimi hamda ularning aktyorlik mahoratini shakllantirishdagi integrativ xususiyatlari asoslab beriladi.

Published

2026-01-16