STEAM TA’LIMI KONTEKSTIDA TALABALARNING METAKOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH PARADIGMASI

Authors

  • Axmadova Malika Author

Keywords:

STEAM ta’limi, metakompetensiyalar, fanlararo integratsiya, tanqidiy fikrlash, innovatsion ta’lim

Abstract

Zamonaviy ta’lim tizimida fanlararo integratsiyaga asoslangan STEAM yondashuvi talabalarda nafaqat fanlarga oid bilimlarni, balki yuqori darajadagi metakompetensiyalarni rivojlantirish imkonini beradi. Ushbu maqolada STEAM ta’limi kontekstida talabalarning metakompetensiyalarini rivojlantirish paradigmasi nazariy va metodologik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda tanqidiy va ijodiy fikrlash, muammolarni hal etish, refleksiya, kommunikativ hamda adaptiv kompetensiyalar metakompetensiyalar sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada STEAM ta’limining fanlararo xususiyati, loyiha asosida o‘qitish va muammo yechishga yo‘naltirilgan faoliyatlarning talabalarning metakompetensial rivojiga ta’siri yoritiladi.

Published

2026-01-26