BEMORLARNI FUNKSIONAL HOLATINI BAHOLASH
Keywords:
Kalit soʻzlar: funksional holat, baholash, bemor, kundalik faoliyat, mustaqillik, reabilitatsiya, jismoniy harakat, psixologik ahvol, parvarish, ijtimoiy faoliyat.Abstract
Annotatsiya: Bemorlarni funksional holatini baholash zamonaviy tibbiyotda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Bemorning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy faoliyatini to‘g‘ri baholash va aniqlash, optimal davolash, parvarish va reabilitatsiya rejalarini tuzishda muhim rol o‘ynaydi. Funksional holat deganda insonning o‘z-o‘ziga qarash, kundalik ehtiyojlarini mustaqil bajarish, jismoniy faollik, harakatlanish imkoniyatlari, ruhiy-emotsional holati va ijtimoiy faoliyati tushuniladi. Xususan, hamshiralik amaliyotida bemorlarning funksional holatini baholash doimiy nazorat va parvarish jarayonlari bilan bevosita bog‘liq. Bu orqali bemorlarni tashxislash, davolash va mehnatga layoqatini baholash mumkin bo‘ladi. Birinchi navbatda, bemorning funksional holati haqida umumiy tushuncha berish lozim.