REPRODUKTIV TEXNOLOGIYALAR: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR, IMKONIYATLAR VA ETIK MUAMMOLAR
Keywords:
Kalit so‘zlar: reproduktiv texnologiyalar, bepushtlik, in vitro, bioetika, surrogatlik, donorlik, genetik skrining.Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada reproduktiv texnologiyalar tushunchasi, ularning asosiy turlari, qo‘llanilish sohalari hamda bioetik, huquqiy va ijtimoiy jihatlari ilmiy-nazariy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tibbiy-biologik taraqqiyot jarayonida shakllangan ushbu texnologiyalar insoniyatga bepushtlik muammosini bartaraf etish, genetik kasalliklarning oldini olish va sog‘lom avlodni shakllantirishda keng imkoniyatlar yaratmoqda. Shuningdek, maqolada reproduktiv texnologiyalarning qo‘llanilishiga nisbatan jamiyatda mavjud bo‘lgan turli qarashlar, axloqiy baholar va diniy munosabatlar kontekstida tahlil etiladi. Tadqiqotda zamonaviy ilmiy adabiyotlar asosida tanqidiy yondashuv, taqqoslov tahlil usullari hamda muammoli yondashuv metodologiyasidan foydalanilgan.