EKSTREMAL VAZIYATLARDA HARBIY XIZMATCHILAR RUHIY HOLATINI DIAGNOSTIKA QILISH USULLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: ekstremal vaziyat, harbiy psixologiya, ruhiy holat, diagnostika, stress, psixologik barqarorlik, psixologik moslashuv.Abstract
Annotatsiya: Mazkur tezisda ekstremal vaziyatlarda harbiy xizmatchilar ruhiy holatini diagnostika qilishning psixologik asoslari va usullari tahlil qilinadi. Harbiy xizmat sharoitida yuzaga keladigan stress, emotsional zo‘riqish va psixologik moslashuv jarayonlari ilmiy jihatdan yoritiladi. Shuningdek, harbiy xizmatchilarning ruhiy holatini aniqlashda qo‘llaniladigan kuzatish, so‘rovnoma, psixodiagnostik testlar hamda psixofiziologik diagnostika metodlarining ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Ekstremal vaziyatlarda shaxs psixikasining faoliyati, stress omillari va psixologik barqarorlikni shakllantirish masalalari yoritiladi. Tadqiqot natijalari harbiy psixologik xizmat faoliyatini takomillashtirish hamda harbiy xizmatchilarning ruhiy barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.