QANDLI DIABET 2 TIPDA MUSKUL MASSASINING ORTISHI HISOBIGA KASALLIKNING REMISSIYAGA TUSHISHI.

Authors

  • Soyipjonov Abdulaziz Latifjon o‘g‘li Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: qandli diabet, insulin, mushak massasi, jismoniy faollik, sog‘lom turmush tarzi, glyukoza, profilaktika.

Abstract

Annotatsiya: Qandli diabet 2 tipi bugungi kunda dunyo bo‘ylab katta ijtimoiy va tibbiy ahamiyat kasb etayotgan kasalliklardan biridir. Ushbu kasallik odatda o‘rta yoshdagi va keksa insonlarda uchraydi va insulin qarshiligi, ya’ni tana hujayralarining insulin gormoni ta’siriga nisbatan sezuvchanligining pasayishi natijasida rivojlanadi. Odatda 2 tip qandli diabet surunkali yuradigan va hayot sifatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan kasallik qatoridan joy oladi. Shu sababdan sog‘lom turmush tarziga amal qilish hamda jismoniy faollik darajasini oshirish 2 tip diabetni boshqarishda va nazorat qilishda asosiy o‘rin tutadi.

Published

2026-03-10