QANDLI DIABETI BOR BEMORLARDA UCHRAYDIGAN KARIES KASALLIGINI ZAMONAVIY KLINIK-LABARATOR TEKSHIRISH HAMDA TASHXISLASH USULLARI

Authors

  • Muxiddinzoda Dilshodabegim Baxtiyorjon qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: qandli diabet, karies, klinik diagnostika, laborator tekshiruv, og‘iz bo‘shlig‘i, tish emali, tupik.

Abstract

Annotatsiya: Qandli diabet kasalligi global sog‘liq muammolaridan biri bo‘lib, uning asoratlari orasida og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari, jumladan karies keng uchraydi. So‘nggi yillarda diabetik bemorlarda kariesning yuzaga kelish xususiyatlari va uni tashxislashda zamonaviy klinik-laborator usullardan foydalanish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Qandli diabet metabolik kasallik hisoblanib, glyukoza almashinuvining buzilishi natijasida, og‘iz bo‘shlig‘ida oziq-ovqat mahsulotlari parchalanish jarayoni va mikroflora tarkibi o‘zgaradi. Bu esa tish emalining himoya imkoniyatlarini pasaytiradi va kariesga chuqur moyillikni kuchaytiradi. Tashxis va laborator tekshirishlar zamonaviy tibbiyotda kariesni erta aniqlash, uning tarqalishini oqilona baholash va kompleks davolash strategiyasini tanlash imkonini beradi.

Published

2026-03-10