XALQARO HUQUQDA «HUDUDIY USTUVORLIK» VA «DAVLAT CHEGARALARI» TUSHUNCHASI
Abstract
Xalqaro huquqda ―hudud iborasi yerdagi boshqa maydonlardan ma‘lum yuza (chegara) bilan chegaralangan, yuridik maqom va shunga mos ravishda huquqiy tartibga ega bo‘lgan yerdagi, shuningdek yerdan tashqaridagi kosmik maydonni belgilash uchun qo‘llaniladi. Yer maydonining kosmik maydondan ajratib turuvchi chegara yer konfiguratsiyasini takrorlovchi va uning yuzasi (dengiz darajasi)dan bir qadar masofada joylashgan sharsimon yuza hisoblanadi. Ushbu sharsimon yuzaning aniq darajasi hali belgilangani yo‘q. Biroq yer yo‘ldoshini atmosferada jiddiy to‘xtashlarsiz va kuyib ketmasdan harakat qila olishiga imkon beruvchi darajada bo‘lishi lozimligidan kelib chiqiladi. Bu daraja 110 kmni tashkil etadi.
Downloads
Published
2026-03-10
Issue
Section
Articles