HARBIY XIZMAT SHAROITIDA IRODAVIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: irodaviy sifatlar, harbiy psixologiya, psixologik mexanizm, motivatsiya, o‘zini boshqarish, stressga chidamlilik, harbiy faoliyat.Abstract
Annotatsiya: Mazkur tezisda harbiy xizmat sharoitida irodaviy sifatlarni rivojlantirishning psixologik mexanizmlari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Harbiy faoliyatning murakkab va mas’uliyatli xususiyati harbiy xizmatchilardan yuqori darajadagi irodaviy barqarorlikni talab qiladi. Tadqiqotda irodaviy sifatlarning shakllanishiga ta’sir etuvchi psixologik omillar, xususan motivatsiya, o‘zini boshqarish, stressga chidamlilik hamda ijtimoiy muhitning ta’siri tahlil qilindi. Psixolog olimlarning ilmiy qarashlari asosida harbiy xizmat jarayonida irodaviy sifatlarni rivojlantirishning asosiy mexanizmlari ochib berildi. Tadqiqot natijalari harbiy ta’lim va tarbiya jarayonida irodaviy sifatlarni rivojlantirishning samarali usullarini takomillashtirishga xizmat qiladi.