ZAMONAVIY O‘ZBEK TILIDA YANGI SO‘ZLARNING (NEOLOGIZMLARNING) PAYDO BO‘LISH JARAYONI
Keywords:
Kalit soʻzlar: Yangi soʻzlar, neologizm, oʻzbek tili, zamonaviy tilshunoslik, leksika, semantik oʻzgarish, derivatsiya, til taraqqiyoti, xalq tafakkuri, zamon ruhi.Abstract
Annotatsiya: Zamonaviy oʻzbek tilida yangi soʻzlarning (neologizmlarning) paydo boʻlish jarayoni zamonaviy tilshunoslikning eng dolzarb, murakkab va koʻp qirrali masalalaridan biri sanaladi. Hozirgi kunda madaniyatlararo aloqalarning kengayishi, axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi, ilm-fan va texnikaning taraqqiyoti, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda yuzaga kelayotgan oʻzgarishlar tilning yangi-qoʻshimcha ifoda vositalari, ayniqsa, yangi soʻzlarni vujudga keltirmoqda. Har qanday tilning boyishi, rivojlanishi eng avvalo lugʻat tarkibining kengayishi, leksik vositalarning yangilanishi orqali yuzaga chiqadi. Leksika sohasida sodir boʻlayotgan jarayonlarni chuqur tahlil etish, yangi soʻzlarning paydo boʻlish qonuniyatlarini aniqlash, ularning tilimiz taraqqiyoti va xalq ongiga ta’sirini oʻrganish bugungi tilshunoslikda alohida ahamiyat kasb etadi.