“TUPROQ BONITIROVKASI VA YER DEGRADATSIYASI JARAYONLARINING ILMIY ASOSLARI”
Keywords:
Kalit so‘zlar: tuproq bonitirovkasi, yer degradatsiyasi, unumdorlik, bonitet balli, gumus miqdori, eroziya, sho‘rlanish, cho‘llanish, kimyoviy ifloslanish, melioratsiya, ekologik muvozanat, agrotexnologiya, monitoring, yer kadastri.Abstract
Annotatsiya. Maqolada tuproq bonitirovkasi va yer degradatsiyasi masalalari ilmiy asosda yoritilgan. Tuproq bonitirovkasi — tuproqning tabiiy unumdorligini aniqlash va uni ball tizimi orqali baholash jarayoni bo‘lib, qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanishda muhim ahamiyat kasb etadi. Unda bonitirovkaning mazmuni, ko‘rsatkichlari, baholash usullari hamda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi roli haqida batafsil ma’lumot berilgan. Shuningdek, maqolada yer degradatsiyasi tushunchasi, uning sabablari va asosiy turlari tahlil qilingan. Yer degradatsiyasi jarayonida tuproqning fizik, kimyoviy va biologik xususiyatlari yomonlashib, hosildorlik pasayishi kuzatiladi. Eroziya, sho‘rlanish, cho‘llanish va kimyoviy ifloslanish degradatsiyaning asosiy ko‘rinishlari sifatida ko‘rib chiqilgan. Tuproqni muhofaza qilish, melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni qo‘llash va ekologik muvozanatni saqlash orqali yer resurslarini asrash mumkinligi ta’kidlangan. Ushbu maqola tuproqshunoslik, qishloq xo‘jaligi va ekologiya sohalarida dolzarb bo‘lgan tuproq unumdorligini saqlash va degradatsiyani kamaytirish muammolarini yoritishga qaratilgan.