AGROTEXNOLOGIYALARDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI.
Keywords:
Kalit so‘zlar. Sun’iy intellekt, agrotexnologiya, aqlli qishloq xo‘jaligi, raqamli texnologiyalar, dronlar, sensor tizimlari, hosildorlik prognozi, avtomatlashtirilgan sug‘orish, agroinformatika, innovatsion texnologiyalar.Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada agrotexnologiyalar sohasida sun’iy intellektdan foydalanish imkoniyatlari, uning qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilishdagi roli va samaradorligi yoritiladi. Sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida ekinlarni monitoring qilish, hosildorlikni bashorat qilish, tuproq va iqlim sharoitlarini tahlil qilish, kasalliklarni erta aniqlash kabi muhim vazifalarni amalga oshirish mumkin. Maqolada shuningdek, sun’iy intellekt asosidagi aqlli qishloq xo‘jaligi tizimlari, avtomatlashtirilgan sug‘orish, dronlar va sensor texnologiyalarining qo‘llanilishi haqida ham ma’lumot berilgan. Zamonaviy agrotexnologiyalarda sun’iy intellektdan foydalanish orqali resurslardan samarali foydalanish, hosildorlikni oshirish va ekologik muvozanatni saqlash imkoniyatlari tahlil qilinadi.