SHAXS STRUKTURASIDA O‘Z-O‘ZINI BOSHQARISH
Keywords:
Kalit so‘zlar: shaxs, o‘z-o‘zini boshqarish, psixologik jarayon, motivatsiya, iroda, refleksiya, o‘zini nazorat qilish, shaxs rivojlanishi, ongli faoliyat, psixologik mexanizm.Abstract
Annotatsiya. Mazkur maqolada shaxs strukturasida o‘z-o‘zini boshqarish jarayonining psixologik mohiyati, uning shakllanish mexanizmlari hamda shaxs rivojlanishidagi ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. O‘z-o‘zini boshqarish insonning ongli faoliyati, motivatsion sohasi, irodaviy sifatlari va reflektiv jarayonlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan murakkab psixologik tizim sifatida qaraladi. Maqolada shaxsning ichki imkoniyatlarini boshqarish, o‘z faoliyatini nazorat qilish, maqsadlarni rejalashtirish hamda emotsional holatni tartibga solish jarayonlari yoritiladi. Shuningdek, o‘z-o‘zini boshqarishning ta’lim jarayoni, ijtimoiy muhit va shaxsning kasbiy faoliyatidagi o‘rni haqida fikr yuritiladi. Ilmiy adabiyotlar va psixologik nazariyalar tahlili asosida o‘z-o‘zini boshqarish shaxs rivojlanishining muhim omillaridan biri ekanligi asoslab beriladi.