GLOBAL MOLIYAVIY-IQTISODIY INQIROZLAR SHAROITIDA O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTINING BARQAROR RIVOJLANISH MEXANIZMLARI
Keywords:
Global iqtisodiyot, moliyaviy inqiroz, iqtisodiy beqarorlik, makroiqtisodiy barqarorlik, tashqi savdo, investitsiya oqimi, fiskal siyosat, monetar siyosat, iqtisodiy diversifikatsiya, antikrizis choralar, iqtisodiy xavfsizlikAbstract
Mazkur maqolada global moliyaviy-iqtisodiy inqirozlarning kelib chiqish sabablari, ularning jahon xo‘jaligi tizimiga ta’siri hamda rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida yuzaga keladigan o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Xususan, 2008-yilgi global moliyaviy inqiroz va COVID-19 pandemiyasi davridagi iqtisodiy shok misolida makroiqtisodiy beqarorlik omillari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot jarayonida global inqirozlarning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’sir kanallari, jumladan tashqi savdo, investitsiya oqimlari, valyuta bozori va fiskal barqarorlik orqali namoyon bo‘lishi tahlil etiladi. Shuningdek, milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlash mexanizmlari, iqtisodiy diversifikatsiya, davlatning antikrizis siyosati va institutsional islohotlarning ahamiyati asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari global beqarorlik sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni mustahkamlash bo‘yicha ilmiy-amaliy xulosalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.