ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ORQALI TA’LIM SIFATINI OSHIRISH
Keywords:
Kalit so‘zlar: zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ta’lim sifati, interaktiv usullar, innovatsion texnologiyalar, kompetensiyaga asoslangan ta’lim, monitoring.Abstract
Annotatsiya: Hozirgi kunda ta’lim tizimini takomillashtirish, uni zamon talablari asosida rivojlantirish masalasi butun dunyo mamlakatlarining strategik ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanib bormoqda. Bu jarayonning asosiy tarkibiy bo‘lagi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish va ularning ta’lim sifatiga samarador ta’sirini boshqarishdan iboratdir. Ta’lim olamida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, jamiyat va bozor talabining hamisha o‘sib borayotganligi pedagogik texnologiyalarning doimiy rivojlanishini va ular asosida ta’lim sifati ko‘rsatkichlarini tubdan kuchaytirishni taqozo etadi. Turli mamlakatlar pedagogik tajribasini tahlil qilish orqali zamonaviy texnologiyalarning afzalliklari, ularni qo‘llash sohalari va ta’lim sifati o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ochib berish imkoniyati mavjud.