JEYN OSTINNING “ANDISHA VA G‘URUR” ROMANIDA KIYIM TASVIRLARINING BADIIY VA MADANIY AHAMIYATI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Jeyn Ostin, Andisha va g‘urur, kiyim tasvirlari, badiiy funksiyalar, madaniy kontekst, Regentlik davri, qahramon xarakteri, ijtimoiy mavqe.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada Jeyn Ostinning “Andisha va g‘urur” romani doirasida qahramonlarning kiyim-kechak tasvirlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda kiyim elementlarining badiiy va semantik funksiyalari, ularning qahramonlarning xarakteri, ijtimoiy mavqei va o‘zaro munosabatlarini ochishda roli ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, kiyim tasvirlari roman voqealari sodir bo‘lgan Regentlik davrining madaniy va tarixiy kontekstini aks ettirishdagi ahamiyati ham tahlil qilingan. Tadqiqot adabiy tahlil, qiyosiy adabiyotshunoslik va madaniy-tarixiy yondashuv asosida olib borilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, kiyim tasvirlari nafaqat dekorativ, balki romanning badiiy tuzilishi va mazmunini boyituvchi muhim vosita hisoblanadi.
Downloads
Published
2026-03-13
Issue
Section
Articles