ISSIQLIK NURLANISHINI QAYTARUVCHI OCH RANGLI TUPROQ QOPLAMASI YORDAMIDA TUPROQDAN SUV BUG‘LANISHINI KAMAYTIRISH TEXNOLOGIYASI
Keywords:
Tuproq namligi, suv bug‘lanishi, issiqlik nurlanishi, och rangli qoplama, suv tejamkorligi, qishloq xo‘jaligi, tuproq harorati, namlikni saqlash texnologiyasi.Abstract
Annotatsiya:Ushbu maqolada tuproqdan suv bug‘lanishini kamaytirishning samarali usullaridan biri sifatida issiqlik nurlanishini qaytaruvchi och rangli tuproq qoplamasidan foydalanish texnologiyasi yoritilgan. Tadqiqotda och rangli qoplama tuproq yuzasiga tushadigan quyosh nurlarini qaytarib, tuproqning qizishini kamaytirishi va natijada suvning bug‘lanish jarayoni sekinlashishi ko‘rsatib beriladi. Natijada tuproq namligi uzoqroq saqlanadi hamda o‘simliklarning suvga bo‘lgan ehtiyoji kamayadi. Maqolada ushbu texnologiyaning ishlash prinsipi, qo‘llash usullari hamda qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan samarali foydalanishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari ushbu usul tuproq namligini saqlash, suv tejamkorligini oshirish va qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.