RANGTASVIRDA OLTIN KESIM QOIDASINDAN FOYDALANISH.
Keywords:
Kalit so‘zlar: rangtasvir, kompozitsiya, oltin kesim, badiiy uyg‘unlik, tasviriy san’at, estetik nisbat, kompozitsion muvozanat, tasviriy san’at metodikasi.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada rangtasvir san’atida kompozitsiyani tashkil etishda muhim nazariy va amaliy tamoyillardan biri hisoblangan oltin kesim qoidasining ahamiyati tahlil qilinadi. Oltin kesim inson idroki uchun eng uyg‘un, muvozanatli va estetik jihatdan mukammal nisbat sifatida qadim zamonlardan buyon san’at va me’morchilikda keng qo‘llanib kelgan. Rangtasvir asarlarini yaratishda ushbu qoidadan foydalanish kompozitsiyaning muvozanatli tuzilishini ta’minlaydi, tomoshabinning e’tiborini muhim elementlarga yo‘naltiradi hamda badiiy ifodaning ta’sirchanligini oshiradi. Maqolada oltin kesimning nazariy asoslari, san’at tarixidagi qo‘llanilishi hamda rangtasvir darslarida uni o‘qitish metodikasi haqida fikr yuritiladi. Tadqiqot natijalari oltin kesim qoidasidan foydalanish rangtasvir asarlarining kompozitsion mukammalligini oshirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.