BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA O‘QUVCHILARNI IJODIY RIVOJLANTIRISHDA 4K METODIKASI

Authors

  • Mirzayeva Nozanin Author
  • To‘raboyeva Muqaddas Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: boshlang‘ich ta’lim, 4K yondashuv, ijodiy fikrlash, kreativlik, kritik fikrlash, kommunikatsiya, kooperatsiya, metodika, kompetensiya.

Abstract

Maqolada boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarni ijodiy fikrlashga o‘rgatishda 4K yondashuvning didaktik va metodik imkoniyatlari yoritilgan. Zamonaviy ta’limda kommunikatsiya, kooperatsiya, kreativlik va kritik fikrlash kompetensiyalari o‘quvchining faqat bilimni o‘zlashtirishi bilan cheklanmay, uni muammoni tahlil qiluvchi, yangi g‘oya taklif etuvchi va jamoa bilan ishlay oluvchi subyekt sifatida shakllantirishga xizmat qilishi ko‘rsatib berilgan. Maqolada boshlang‘ich ta’lim sharoitida 4K yondashuvni dars mazmuniga singdirishning pedagogik shartlari, ijodiy fikrlashni rivojlantiruvchi topshiriqlar tizimi, o‘qituvchining ko’makchilik roli hamda baholash mezonlari tahlil qilingan. Shuningdek, ona tili, o‘qish savodxonligi, matematika va tabiiy fan elementlari doirasida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan metodik usullar tavsiflangan. Tadqiqot natijasida 4K yondashuvni boshlang‘ich ta’limga integratsiya qilish o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, muloqotga kirishishi, guruhda ishlashi va original yechimlar taklif etishiga xizmat qiluvchi samarali metodik asos ekanligi asoslandi. UNESCO va OECD hujjatlarida ham kreativlik, tanqidiy fikrlash, hamkorlik va kommunikatsiya XXI asr ta’limi uchun tayanch kompetensiyalar sifatida ko‘rsatiladi.

Published

2026-03-24