TUG‘RUQ BIOMEXANIKASI VA UNI SAMARALI BOSHQARISH
Keywords:
Kalit so‘zlar: Tug‘ruq biomexanikasi, tug‘ruq jarayoni, homila harakati, bachadon qisqarishi, tug‘ruqni boshqarish, chanoq anatomiyasi, fiziologik tug‘ruq, obstetrika, perinatal salomatlik, tug‘ruq asoratlari, tibbiy nazorat, akusherlik amaliyoti.Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada tug‘ruq biomexanikasining nazariy va amaliy asoslari keng yoritilgan. Unda tug‘ruq jarayonining bosqichlari, homilaning tug‘ruq yo‘llari orqali harakatlanish mexanizmlari hamda ushbu jarayonni boshqarishning zamonaviy yondashuvlari tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada tug‘ruqning fiziologik kechishini ta’minlovchi omillar, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar va ularni oldini olish choralari haqida batafsil ma’lumot berilgan. Tug‘ruqni samarali boshqarishda tibbiy kuzatuv, individual yondashuv, og‘riqni kamaytirish usullari va zamonaviy diagnostika texnologiyalarining ahamiyati asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari tug‘ruq jarayonini optimallashtirish va ona hamda bola salomatligini saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.