IMOM ZAMAXSHARIYNING “AL-MUFASSAL” ASARIDAGI MOSLASHMAGAN ANIQLOVCHINING TALQINI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Imom Zamaxshariy, Al-Mufassal, arab tilshunosligi, nahv, izofa, moslashmagan aniqlovchi, izofa ma’naviya, izofa lafziya, Basra maktabi, Ibn Ya’ish, arab grammatikasi, semantik tahlil.Abstract
Annotatsiya. Mazkur maqolada Imom Mahmud ibn Umar az-Zamaxshariyning “Al-Mufassal” asari tahlil qilinib, undagi moslashmagan aniqlovchi (izofa) haqidagi qarashlar nazariy jihatdan yoritilgan. Muallif arab tilshunosligi tarixida Basra grammatik maktabi an’analarini tizimlashtirib, nahvni mantiqiy va semantik asoslarda sharhlagan. Zamaxshariy izofani arab tili grammatik tizimining markaziy elementi sifatida talqin qilib, uni ikki turga – izofa ma’naviya (ma’noni aniqlovchi) va izofa lafziya (talaffuzni yengillashtiruvchi) shakllarga ajratadi. Maqolada “Al-Mufassal” asarining arab nahv ilmidagi o‘rni, Zamaxshariy ta’limotining keyingi grammatiklar, xususan, Ibn Ya’ish, Ibn Hishom va as-Suyutiylar merosiga ta’siri ham tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Zamaxshariy izofani nafaqat grammatik, balki mantiqiy va semantik munosabatlar tizimi sifatida izohlagan bo‘lib, bu yondashuv arab tilshunosligi rivojida yangi bosqichni boshlab bergan.