RUHIY JARAYONLAR, ONG VA UNING XUSUSIYATLARI. ONGNING TURLI KASALLIKLARDA BUZILISHI
Keywords:
Kalit so‘zlar: ruhiy jarayonlar, ong, psixika, bilish jarayonlari, emotsiya, iroda, ong buzilishi, deliriy, amneziya, shizofreniya, depressiya, epilepsiya, Altsgeymer kasalligi, psixologiya, nevrologiya.Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada inson psixikasining muhim tarkibiy qismlari bo‘lgan ruhiy jarayonlar va ong tushunchasining nazariy asoslari tahlil qilinadi. Ruhiy jarayonlarning asosiy turlari – bilish, emotsional va irodaviy jarayonlar keng yoritilib, ularning inson faoliyatidagi o‘rni ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Shuningdek, ongning mohiyati, uning asosiy xususiyatlari, jumladan faolligi, maqsadga yo‘naltirilganligi, ijtimoiyligi va o‘zini anglash xususiyati batafsil bayon etiladi. Maqolada ongning turli kasalliklarda buzilish shakllari, ularning sabablari va klinik ko‘rinishlari ham ilmiy asosda tahlil qilinadi. Deliriy, stupor, koma, amneziya, depersonalizatsiya kabi holatlar misolida ong buzilishining o‘ziga xos jihatlari ochib berilgan. Bundan tashqari, shizofreniya, depressiya, epilepsiya va Altsgeymer kasalliklarida ong faoliyatining buzilishi masalalari yoritilgan. Tadqiqot natijalari ruhiy salomatlikni saqlash, kasalliklarni erta aniqlash va samarali davolash choralarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.