FARMATSEVTIK TASHKILOTLARNI BOSHQARISHDA KOMMUNIKATSIYA

Authors

  • Matlabjonova Mehinbonu Mudarisjon qizi Author
  • Narzullaeva Mexrangiz Azizxonovna Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: farmatsevtik tashkilot, kommunikatsiya, boshqaruv, ichki kommunikatsiya, tashqi kommunikatsiya, axborot texnologiyalari, boshqaruv samaradorligi, motivatsiya, strategik rivojlanish, axborot madaniyati, hamkorlik.

Abstract

Annotatsiya: Farmatsevtik soha bugungi kunda inson salomatligi va ijtimoiy taraqqiyotda o‘ta muhim rol o‘ynaydi. Bu tarmoqda faoliyat yurituvchi tashkilotlarning amal qilishi va rivojlanishida eng asosiy omillardan biri sifatida samarali kommunikatsiya tizimini shakllantirish va takomillashtirish ko‘zga tashlanadi. Chunki farmatsevtik tashkilotlar son-sanoqsiz bo‘g‘inlardan iborat murakkab tizim bo‘lib, unda ishlab chiqaruvchilardan to iste’molchilargacha, ilmiy tadqiqotlardan to dori vositalarini bozorga chiqarishgacha bo‘lgan jarayonlarda aniq axborot almashinuvi va uzviy hamkorlik zarur. Kommunikatsiyaning bunday murakkab tarmoqda o‘ziga xos roliga nazar solganda, u zamonaviy boshqaruv konsepsiyalarida markaziy o‘rinda turishi shubhasiz. Boshqaruv samaradorligi va tashkilot faoliyatining barqarorlik darajasini oshirish uchun ichki va tashqi kommunikatsiya munosabatlari ishonchli, tezkor va aniq bo‘lishi talab etiladi.

Published

2026-03-26