MAHALLA — AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISHNING SAMARALI IJTIMOIY MODELI SIFATIDA

Authors

  • Toshtemirova Zilola Madaminjonovna Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: mahalla, ijtimoiy xizmatlar, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy model, aholi, mahalla institute, “Raqamli mahalla”,Yashil iqtisodiyot.

Abstract

             Annotatsiya.  Mazkur maqolada mahalla institutining O‘zbekiston sharoitida aholiga xizmat ko‘rsatishning samarali ijtimoiy modeli sifatidagi o‘rni va ahamiyati ilmiy asosda tahlil etiladi. Tadqiqot jarayonida mahallaning tarixiy shakllanishi, huquqiy maqomi hamda zamonaviy boshqaruv tizimidagi institutsional roli yoritilib, uning ijtimoiy xizmatlarni manzilli va samarali yetkazib berishdagi funksiyalari ochib beriladi. Maqolada kam ta’minlangan aholini qo‘llab-quvvatlash, bandlik va tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar va xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, ijtimoiy himoya va jamoat xavfsizligini ta’minlashda mahallaning amaliy mexanizmlari tahlil qilinadi. Shuningdek, “mahalla yettiligi” modeli, raqamli boshqaruv texnologiyalari hamda “Raqamli mahalla” platformasining xizmatlar sifati, shaffoflik va hisobdorlikni oshirishdagi roli asoslab beriladi. Yashil iqtisodiyot tamoyillarini mahalla darajasida joriy etish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Tadqiqot natijalari mahalla institutini aholiga xizmat ko‘rsatish, barqaror rivojlanish va fuqarolik jamiyatini mustahkamlashning muhim institutsional modeli sifatida takomillashtirishga xizmat qiladi.

Published

2026-03-26