SHAHAR YO‘NALISHLI AVTOBUSLAR HARAKAT MUNTAZAMLIGIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARNI BAHOLASH VA MATEMATIK MODELLASHTIRISH
Keywords:
Kalit so‘zlar: shahar avtobus transporti, harakat muntazamligi, logit model, yo‘lovchi oqimi, tirbandlik, bekatdagi xizmat vaqti, marshrut parametrlari, matematik modellashtirish.Abstract
Mazkur maqolada shahar yo‘nalishli avtobuslar harakat muntazamligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar tizimli ravishda o‘rganiladi va ularni baholash uchun matematik model taklif etiladi. Tadqiqotning maqsadi yo‘nalish uzunligi, bekatlar soni, yo‘lovchi oqimi, bekatdagi turib qolish vaqti, tirbandlik darajasi va rejalashtirilgan interval kabi omillarning muntazamlikka ta’sirini son jihatdan ifodalashdan iborat. Metodik asos sifatida muntazam qatnovlar ulushiga tayanuvchi ko‘rsatkich hamda binomial-logit modeldan foydalanildi. Natijada muntazamlikka eng kuchli salbiy ta’sir qiluvchi omillar sifatida yo‘nalish uzunligi, tirbandlik indeksi, yo‘lovchi oqimi va bekatlardagi turib qolish vaqti ajratib ko‘rsatildi. Maqola oxirida transport korxonalari va dispetcherlik xizmatlari uchun amaliy tavsiyalar berildi.