XALQARO AVTOMOBIL YUK TASHUVLARIDA EKSPORT-IMPORT OPERATSIYALARINI RAQAMLI HUJJAT AYLANISHI VA CHEGARA-BOJXONA JARAYONLARINI OPTIMALLASHTIRISH ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
Kalit so‘zlar: xalqaro yuk tashish, avtomobil transporti, eksport-import operatsiyalari, bojxona rasmiylashtiruvi, raqamli logistika, elektron hujjat aylanishi, e-CMR, Single Window, logistika samaradorligi.Abstract
Annotatsiya.Mazkur maqolada xalqaro avtomobil transportida eksport-import operatsiyalarini takomillashtirish masalasi raqamli hujjat aylanishi, bojxona va chegara nazoratini muvofiqlashtirish hamda logistika jarayonlarini optimallashtirish nuqtayi nazaridan tadqiq etiladi. Tadqiqotning maqsadi eksport-import jarayonlarida vaqt yo‘qotishlari, ortiqcha xarajatlar va hujjatlashtirishdagi takroriy amallarni kamaytirishga xizmat qiluvchi tashkiliy-iqtisodiy mexanizmni ishlab chiqishdan iborat. Maqolada adabiyotlar sharhi asosida xalqaro tajribalar tahlil qilinadi, metodik yondashuv sifatida integral samaradorlik ko‘rsatkichi taklif etiladi, eksport-import operatsiyalarini baholash mezonlari shakllantiriladi va ularni takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalari raqamli transport hujjatlari, “Single Window” tizimi va oldindan elektron ma’lumot almashish mexanizmlarini joriy etish xalqaro yuk tashuvlar samaradorligini oshirishini ko‘rsatadi.