SUYAK TO‘QIMASINING TUZILISHI VA FUNKSIONAL XUSUSIYATLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: suyak, osteotsit, osteoblast, osteoklast, kollagen, periost, suyak chiqishi, tayanch-harakat tizimi.Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada suyaklarning tuzilishi, rivojlanishi, turlari va ularning organizmdagi asosiy vazifalari yoritilgan. Suyak to‘qimasi biriktiruvchi to‘qimalarning maxsus turi bo‘lib, uning tarkibida hujayralar (osteotsitlar, osteoblastlar, osteoklastlar) va mineral moddalar mavjud. Maqolada suyaklarning o‘sishida osteoblastlar va osteoklastlarning o‘zaro ta’siri, suyakning mexanik mustahkamligini ta’minlovchi kollagen tolalar va mineral komponentlarning roli ko‘rsatilgan. Shuningdek, suyaklarning shakliga ko‘ra turlari — naysimon, yassi, g‘ovak va aralash suyaklar, ularning tuzilma xususiyatlari hamda tayanch-harakat apparatidagi ahamiyati bayon etilgan. Suyak to‘qimasining yangilanishi, gormonal boshqaruvi (paratgormon va kalsitonin) va suyak chiqishlarining (travmatik, tug‘ma, patologik) kelib chiqish sabablari haqida ma’lumotlar keltirilgan.