“ENDOKRIN BEZLARNING GISTOLOGIK TUZILISHI VA ULARNING FUNKSIONAL ROLI”
Keywords:
Kalit so‘zlar: endokrin sistema, gipofiz, qalqonsimon bez, gormon, gistologiya, gomeostaz, buyrak usti bezi, oshqozon osti bezi.Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada endokrin sistema bezlarining gistologik tuzilishi va ularning organizmdagi funksional roli yoritilgan. Endokrin bezlar ichki sekretsiya bezlari bo‘lib, ular gormonlar ishlab chiqarish orqali modda almashinuvi, o‘sish, rivojlanish va gomeostaz jarayonlarini boshqaradi. Gistologik jihatdan endokrin bezlar turli hujayra turlaridan tashkil topgan bo‘lib, ularning sekreti chiqaruv yo‘llari orqali emas, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri qon tomirlariga ajraladi. Maqolada gipotalamus va gipofiz, qalqonsimon va paratireoid bezlar, buyrak usti bezlari, oshqozon osti bezi hamda jinsiy bezlarning gistologik xususiyatlari va gormonal faoliyati tahlil qilingan. Shuningdek, gormonlarning organizmda muvozanatni saqlashdagi ahamiyati va endokrin bezlarning morfo-funksional o‘ziga xosliklari ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot natijalari endokrin sistemaning tuzilishi va fiziologik jarayonlarni boshqarishdagi o‘rni haqida chuqurroq tasavvur beradi.