RIVOJLANGAN VA RIVOJLANAYOTGAN DAVLATLARDA SOLIQ TIZIMLARINING SAMARADORLIGINI TAQQOSLASH
Keywords:
KALIT SO‘ZLAR: Soliq tizimi, soliq samaradorligi, rivojlangan davlatlar, rivojlanayotgan davlatlar, soliq siyosati, soliq ma’murchiligi, byudjet tushumlari, iqtisodiy rivojlanish, fiskal siyosat, yashirin iqtisodiyot.Abstract
ANNOTATSIYA: Mazkur maqolada rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda soliq tizimlarining samaradorligi taqqoslanadi hamda ularning iqtisodiy rivojlanishga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida soliq yukining darajasi, soliq tushumlarining shakllanishi, soliq siyosatining barqarorligi va shaffofligi kabi omillar o‘rganildi. Rivojlangan davlatlarda soliq tizimi yuqori darajada institutlashganligi, raqamlashtirilganligi va soliq intizomi mustahkamligi bilan ajralib turishi aniqlangan. Rivojlanayotgan mamlakatlarda esa soliq ma’murchiligi muammolari, yashirin iqtisodiyot ulushining yuqoriligi va soliq bazasining torligi samaradorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, maqolada soliq tizimini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari davlat moliyaviy siyosatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.