URBANIZATSIYA VA EKOLOGIK MUAMMOLAR O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK
Keywords:
Kalit so‘zlar: urbanizatsiya, ekologiya, atrof-muhit, ifloslanish, yashil rivojlanish, barqaror rivojlanish, chiqindilar, resurslar, shahar infratuzilmasi, iqlim o‘zgarishiAbstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada urbanizatsiya jarayonining jadallashuvi va uning atrof-muhitga ko‘rsatayotgan ta’siri o‘rganilgan. Hozirgi kunda aholining shahar hududlariga ko‘chib kelishi natijasida sanoatning rivojlanishi, transport vositalarining ko‘payishi va infratuzilmaning kengayishi kuzatilmoqda. Bu esa o‘z navbatida ekologik muammolar, jumladan havo ifloslanishi, suv resurslarining kamayishi, chiqindilar hajmining ortishi kabi muammolarni keltirib chiqarmoqda. Maqolada urbanizatsiya va ekologik muammolar o‘rtasidagi bog‘liqlik ilmiy asosda tahlil qilinadi hamda bu jarayonlarning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari yoritiladi. Shuningdek, ekologik barqarorlikni ta’minlashda yashil texnologiyalarni joriy etish, shahar infratuzilmasini optimallashtirish va ekologik siyosatni kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etishi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, urbanizatsiya jarayonini to‘g‘ri boshqarish orqali ekologik muammolarni kamaytirish va barqaror rivojlanishga erishish mumkin.