MAVZU: “MILLIY HARAKATLI O‘YINLARNING TARIXIY ILDIZLARI VA ZAMONAVIY TA’LIMDAGI O‘RNI”
Keywords:
Kalit so‘zlar: milliy harakatli o‘yinlar, qadriyat, jismoniy tarbiya, sog‘lomlashtirish, ta’lim, madaniy meros., Keywords: national movement games, cultural heritage, physical education, health promotion, education, cultural values.Abstract
Ushbu maqolada milliy harakatli o‘yinlarning kelib chiqish tarixi, ularning xalqning madaniy merosidagi o‘rni hamda zamonaviy ta’lim jarayonidagi ahamiyati yoritib berilgan. Qadimiy davrlarda milliy o‘yinlar harbiy tayyorgarlik, jismoniy chiniqish, jamoaviylikni rivojlantirish va marosimlarda xalqni birlashtirish vositasi sifatida xizmat qilgan. Bugungi kunda esa ular maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari va sport maktablarida jismoniy tarbiya darslari, sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari hamda tarbiyaviy jarayonlarda keng qo‘llanilmoqda. Shuningdek, milliy harakatli o‘yinlar yoshlar orasida milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlangan.
This article explores the historical roots of national movement games, their role in preserving cultural heritage, and their relevance in modern education. In ancient times, these games served multiple purposes, including military preparation, physical training, promoting teamwork, and fostering social unity during various ceremonies and festivities.