TIRSAKLI VALLAR ISHCHI YUZALARINING YEYILISHGA CHIDAMLILIGINI OSHIRISHDA SAYQALLASH JARAYONINING ROLI

Authors

  • I.B.Erkinov Author
  • Patidinov Umidjon Xolmaxamat o‘g‘li Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: tirsakli val, ishchi sirt, jilvirlash texnologiyasi, abraziv materiallar, superfinish texnologiyasi, mashinasozlik texnologiyasi.

Abstract

Annotatsiya. Ushbu maqolada dvigatel mexanizmlarining muhim detallaridan biri hisoblangan tirsakli vallar ishchi yuzalarining yeyilishga chidamliligini oshirishda sayqallash jarayonining ahamiyati va texnologik xususiyatlari tahlil qilinadi. Maqolada tirsakli vallarni ishlab chiqarish va qayta tiklash jarayonida qo‘llaniladigan jilvirlash hamda sayqallash usullarining sirt sifati, g‘adir-budirlik darajasi va mexanik mustahkamlikka ta’siri ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, sayqallash jarayonida sirt qatlamida yuzaga keladigan mikrostrukturaviy o‘zgarishlar, siqilish kuchlanishlari hamda ularning detallar xizmat muddatiga ta’siri ilmiy jihatdan yoritib berilgan.

Published

2026-04-06