MAHALLIY XOM ASHYO BAZASIDAN FOYDALANISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI
Keywords:
Kalit so‘zlar: iqtisodiy samaradorlik, ishlab chiqarish xarajatlari, sanoat rivoji, iqtisodiy barqarorlik, milliy iqtisodiyot, mahalliylashtirish.Abstract
Mazkur maqolada mahalliy xom ashyo bazasidan samarali foydalanishning iqtisodiy ahamiyati va uning korxonalar faoliyatiga ta’siri tahlil etiladi. Xususan, mahalliy resurslardan foydalanish orqali ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, importga qaramlikni qisqartirish hamda milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash imkoniyatlari yoritilgan. Maqola davomida mahalliy xom ashyo bazasining mavjud holati, undan foydalanish darajasi va uni rivojlantirish istiqbollari o‘rganildi. Tadqiqot natijalari asosida 2024–2025 yillarda mahalliy xom ashyo asosida ishlab chiqarish hajmi o‘sishi 6–9% oralig‘ida kuzatilgani, mehnat unumdorligi 67% ga, rentabellik esa 91–92% darajasiga yetgani aniqlangan. Shuningdek, 2024 yilda qo‘shimcha 45 000 ish o‘rni yaratilgani qayd etilgan.