BOSHLANGʻICH SINFLARDA OʻQUVCHILARNING YOZMA SAVODXONLIGI YOKI OʻQISH SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISHDA INTERFAOL USULLAR

Authors

  • Xusanova Maxliyo Asliddin qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: boshlang‘ich sinflar, o‘quvchilar, yozma savodxonlik, o‘qish savodxonligi, interfaol usullar, ta’lim, o‘quv jarayoni, mustaqil fikrlash.

Abstract

Annotatsiya: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini zamonaviy ta’lim jarayonida samarali o‘qitish va maktabda ularda yozma hamda o‘qish savodxonligini shakllantirish, rivojlantirish bugungi kunda eng dolzarb va muhim masalalardan biri sanaladi. Inson tafakkuri va bilimi hayotining ilk bosqichlaridayoq asoslanadi. Boshlang‘ich ta’lim bosqichida qatnashayotgan bolalarda o‘qish va yozishga qiziqishni kuchaytirish, bu borada ularning bilimini hamda ko‘nikmalarini yuksaltirish, ongli o‘qish va aniq ifodali yozishni tashkil etish uchun zamonaviy, interfaol usullardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘qish va yozish savodxonligi bolalarning shaxs sifatida yetishib borishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Dastlabki to‘rt yil davomida bolaning yorqin va ravon so‘zlash, izchil o‘qish, to‘g‘ri va chiroyli yozish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi uning keyingi taqdirini, hayotga munosabatini, ta’lim sifatini belgilab beradi.

Published

2026-04-07