OLINMAYDIGAN KO‘PRIKSIMON PROTEZLAR BILAN BOG‘LIQ PARODONTAL TO‘QIMALARDA YUZAGA KELADIGAN O‘ZGARISHLARNI ERTA TASHXISLASH VA KOMPLEKS DAVOLASHNI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
Kalit so‘zlar: olinmaydigan ko‘priksimon protezlar, parodont kasalliklari, gigienik indeks, immunologik ko‘rsatkichlar, og‘iz suyuqligi, IL-1β, IL-6, TNF-α, kompleks davolash, stomatologik tashxis.Abstract
Anatatsiya. Ushbu ilmiy maqolada olinmaydigan ko‘priksimon protezlar ta’sirida parodontal to‘qimalarda rivojlanadigan kasalliklarni erta tashxislash va davolash usullarini takomillashtirish masalasi yoritilgan. Tadqiqotning maqsadi — protezlardan keyingi parodontal o‘zgarishlarni klinik, gigienik va immunologik ko‘rsatkichlar asosida baholash hamda kompleks davolash samaradorligini aniqlashdan iborat. Tadqiqot 115 nafar olinmaydigan ko‘priksimon protezlar bilan davolangan bemorlar va 65 nafar sog‘lom nazorat ishtirokchilari o‘rtasida olib borildi. Klinik tekshiruvlar davomida gigienik indekslar (GI, OHI-S), qon ketish holati va parodontal cho‘ntak chuqurligi o‘lchandi. Shuningdek, og‘iz suyuqligida yallig‘lanish markerlari — IL-1β, IL-6 va TNF-α miqdorlari ELISA usuli bilan aniqlanib, statistik tahlil qilindi. Natijalarda asosiy guruh bemorlarida gigienik holatning yomonlashuvi, immun markerlarning ortishi va parodontal to‘qimalarda yallig‘lanish jarayonlarining kuchaygani qayd etildi. Kompleks davolashdan so‘ng klinik va immunologik ko‘rsatkichlar sezilarli darajada yaxshilandi. Maqolada olinmaydigan ko‘priksimon protezlardan keyingi parodontal kasalliklarni erta aniqlash va ularni davolashda integrallashgan yondashuvning afzalliklari asoslab berilgan.Downloads
Published
2025-10-13
Issue
Section
Articles