MUSTAMLAKACHILIK DAVRIDAGI DASTLABKI SHAKLLANGAN JADIDA AYOLLARIMIZNING QARASHLARI VA FAOLIYATLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: jadidchilik, jadid ayollari, ma’rifatparvarlik, ayollar ta’limi, gender tengligi, Turkiston, mustamlakachilik davri, milliy uyg‘onish, matbuot, ijtimoiy islohotlarAbstract
Mazkur maqolada Turkistonda mustamlakachilik davrida shakllangan jadid ayollarining qarashlari va faoliyati ijtimoiy-tarixiy kontekstda tahlil qilinadi. Jadidchilik harakati XIX asr oxiri – XX asr boshlarida yuzaga kelgan murakkab siyosiy va madaniy ziddiyatlar mahsuli sifatida talqin etilib, uning asosiy maqsadi jamiyatni ma’rifat asosida yangilash, milliy ongni uyg‘otish va taraqqiy etgan jamiyat barpo etishdan iborat ekanligi yoritiladi. Tadqiqotda jadid ayollarining ta’lim, matbuot va madaniy islohotlar jarayonidagi o‘rni alohida e’tibor markaziga olinadi. Shuningdek, ayollarning savodxonligini oshirish, ularning ijtimoiy faolligini kuchaytirish va gender tengligini ta’minlash yo‘lidagi intilishlari jadidchilik g‘oyalarining ajralmas qismi sifatida talqin etiladi. Jadid ayollarining qarashlari nafaqat diniy-ma’rifiy asoslarda, balki zamonaviylik, milliy uyg‘onish va ijtimoiy adolat tamoyillariga tayangan holda shakllangani ko‘rsatib beriladi. Maqolada matbuot nashrlari, xususan ayollar uchun tashkil etilgan jurnallar orqali ilgari surilgan g‘oyalar, ularning jamiyat ongiga ta’siri ham tahlil qilinadi.