FUQAROLIK HUQUQINING ALOHIDA INSTITUTLARI MISOLIDA TADBIRKORLIK KOMPANIYALARI ISHTIROKCHILARINING MULKIY HUQUQLARI VA MANFAATLARINI HIMOYA QILISH
Keywords:
Kalit so‘zlar: fuqarolik huquqi, tadbirkorlik kompaniyalari, mulkiy huquqlar, ishtirokchilarning manfaatlari, huquqiy himoya, yuridik shaxslar., Key words: civil law, business companies, property rights, interests of participants, legal protection, legal entities.Abstract
Annotatsiya. Mazkur maqola tadbirkorlik kompaniyalari ishtirokchilarining mulkiy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish borasida fuqarolik huquqining alohida institutlarining o’rni va ahamiyatini tahlil qiladi. Tadqiqotda xususiy mulkchilikning huquqiy asoslari, ishtirokchilarning mulkiy huquqlarini himoya qilish mexanizmlari, shuningdek, huquqiy nizolarni hal etishda sud amaliyotining roli yoritiladi. Bundan tashqari, tadbirkorlik subyektlari ishtirokchilarining manfaatlarini himoya qilish bo’yicha qonunchilikdagi mavjud muammolar va ularni hal qilish bo’yicha takliflar taqdim etiladi. Maqola tadbirkorlik kompaniyalari faoliyatida mulkiy munosabatlarning muhofazasi va ularning barqarorligini ta’minlash borasida nazariy va amaliy ahamiyatga ega.