BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA TABIAT MANZARALARINI KUZATISH ORQALI EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH.
Keywords:
Kalit so‘zlar: ekologik madaniyat, tabiat manzarasi, boshlang‘ich sinf, kuzatuv, bolalar, o‘qituvchi, amaliy faoliyat, tabiatni asrash, ekologik tarbiya, innovatsiya, oilaviy tarbiya, ta’lim, ekologik muammolar.Abstract
Annotatsiya: Insoniyat uchun tabiatning ahamiyati beqiyosdir. Tabiat bizga hayot baxsh etadi, iqlim va ekologik muvozanatni ta’minlaydi, barcha tirik mavjudotlar uchun yashash manbaidir. Bugungi kunda ekologik muammolar tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. Aynan shu sababli yangi avlodda ekologik madaniyatni yuksak darajada shakllantirish juda muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bu sohada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini jalb qilish va ularda tabiatga ehtiyotkorlik va mehr bilan qarash tuyg‘usini singdirish nihoyatda ahamiyatlidir. Boshlang‘ich maktab yoshidagi bolalar tabiat dastlabki bilimi va tasavvurlarini olishadi. Ularning kuzatuvchanligi kuchli bo‘lib, hayrat va qiziqishlar bilan dunyoni o‘rganadilar. Shu boisdan, aynan ushbu davrda tabiat manzaralarini kuzatish asosida ekologik madaniyatni shakllantirish eng samarali bosqich sanaladi.