KIBERMAKONDA SODIR ETILGAN FIRIBGARLIKLARNING OLDINI OLISH YUZASIDAN VIKTIMOLOGIK CHORA-TADBIRLAR

Authors

  • Baxtiyorov Ixtiyor Baxtiyor oʻgʻli Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: kiberjinoyatchilik, firibgarlik, viktimologiya, jabrlanuvchi, ijtimoiy muhandislik, phishing, raqamli savodxonlik, kiberxavfsizlik, latentlik, profilaktika

Abstract

Annotatsiya. Mazkur maqolada kibermakonda sodir etilayotgan firibgarlik jinoyatlarining viktimologik jihatlari kompleks tahlil qilinadi hamda ularning oldini olishga qaratilgan samarali chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Tadqiqot davomida jabrlanuvchilarning ijtimoiy-demografik, psixologik va xulq-atvor xususiyatlari o‘rganilib, ularning jinoyat sodir etilishidagi o‘rni ilmiy asosda yoritib beriladi. Shuningdek, raqamli savodxonlik darajasining pastligi, axborot xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik hamda ijtimoiy muhandislik ta’siriga berilish kabi omillar viktimlik darajasini oshiruvchi asosiy determinantlar sifatida baholanadi. Maqolada xalqaro ilmiy manbalar va rasmiy statistik ma’lumotlarga tayangan holda individual, institutsional va davlat darajasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan profilaktik chora-tadbirlar tizimli ravishda asoslab berilgan. Shuningdek, kibermakondagi firibgarlik jinoyatlarining latentligi muammosi va uni kamaytirish yo‘llari ham alohida tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari kibermakonda xavfsizlikni ta’minlash hamda jabrlanish xavfini kamaytirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Published

2026-04-13