CHAQIRIQQACHA YOSHLARNING HARBIY-VATANPARVARLIK RUHINI SHAKLLANTIRISHDA O‘QITUVCHINING O‘RNI.
Keywords:
Kalit soʻzlar: harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi, chaqiriqqacha yoshlar, o‘qituvchi faoliyati, pedagogik jarayon, vatanparvarlik ruhiyati, metodik yondashuv, fuqarolik mas’uliyati.Abstract
Ushbu maqolada chaqiriqqacha yoshlarning harbiy-vatanparvarlik ruhini shakllantirish jarayonida o‘qituvchining o‘rni va pedagogik faoliyatining ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolada harbiy-vatanparvarlik tarbiyasining nazariy asoslari, mazmuni hamda yosh avlodda vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati va harbiy burchga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirishdagi o‘qituvchining tarbiyaviy, psixologik va metodik yondashuvlari ilmiy jihatdan yoritilgan. Shuningdek, o‘qituvchi shaxsining namunaliligi, dars jarayonida interfaol metodlardan foydalanish samaradorligi hamda ta’lim muassasalarida harbiy-vatanparvarlik ishlarini tashkil etishning zamonaviy yo‘nalishlari o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari yoshlar ongida vatan himoyasiga tayyorlikni kuchaytirish, ijtimoiy faollikni oshirish va milliy g‘ururni yuksaltirishda o‘qituvchining yetakchi o‘rin tutishini asoslaydi.