JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLAR MULKINI HIMOYALASHDA AQLLI XAVFSIZLIK TIZIMLARI

Authors

  • Umirzoqov Quvonchbek Shaymurod o‘g‘li, Author
  • Tadjitdinov G‘ayrat Baxtiyarovich Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: Aqlli xavfsizlik tizimlari, mulk daxlsizligi, jismoniy va yuridik shaxslar, Buyumlar interneti (IoT), sun'iy intellekt (AI), sensor tarmoqlari, videoanalitika, real vaqt monitoringi, avtomatik signalizatsiya, xavfni prognoz qilish, intellektual himoya.

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy daxlsizligini ta’minlashda aqlli xavfsizlik tizimlarining ishlash mexanizmlari hamda samaradorligi ilmiy-texnik jihatdan tahlil qilinadi. Zamonaviy sharoitda mulkni yangi turdagi jismoniy va texnologik tahdidlardan himoya qilish eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib, an’anaviy qo‘riqlash vositalari real vaqt rejimida xavflarni baholash va ularga avtomatlashtirilgan tarzda tezkor reaksiya ko‘rsatishda qator cheklovlarga ega ekanligi hamda inson omiliga yuqori darajada qaramligi aniqlangan. Tadqiqot jarayonida mazkur muammolarni bartaraf etish maqsadida Buyumlar interneti (IoT), sun’iy intellekt (AI) algoritmlari, zamonaviy sensor tarmoqlari, biometrik nazorat va videoanalitika texnologiyalarining o‘zaro integratsiyasi o‘rganiladi. Natijada, obyektlarni uzluksiz real vaqt monitoring qilish, xavf tug‘ilganda avtomatik signal berish va potensial xatarlarni intellektual prognoz qilish yondashuvlari taklif etilgan. Mazkur tizimlarning amaliyotga joriy etilishi mulk xavfsizligini ishonchli kafolatlashga va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy yo‘qotishlarning barvaqt oldini olishga xizmat qiladi.

Published

2026-04-16