RAQAMLI IQTISODIYOTNING RIVOJLANISHI VA UNING O'ZBEKISTONDA IQTISODIY O'SISHGA TA'SIRI

Authors

  • Abdurazzakov Diyorbek Author
  • Egamberdiyev Xumoyun Author

Keywords:

Kalit so'zlar: Raqamli iqtisodiyot, elektron tijorat, iqtisodiy o'sish, O'zbekiston, texnologiyalar, raqamlashtirish.

Abstract

Annotatsiya; Ushbu tezis ishida raqamli iqtisodiyot tushunchasi, uning zamonaviy global tendensiyalardagi o'rni va O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotning shakllanishi jarayoni tahlil qilingan. “Raqamli O'zbekiston - 2030” strategiyasi doirasida olib borilayotgan islohotlar, IT infratuzilmaning rivojlanishi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining iqtisodiyot tarmoqlariga integratsiyalashuvi va IT xizmatlari eksportining o'sishi asosiy e'tiborga olingan. Shuningdek, raqamli iqtisodiyotning O'zbekiston iqtisodiy o'sishiga ko'rsatgan bevosita va bilvosita ta'sirlari (YAIMdagi ulushi, yangi ish o'rinlari, elektron tijorat hajmi) misollar bilan yoritilgan. Tadqiqot davomida statistik ma'lumotlar, hukumat qarorlari va xalqaro tashkilotlar hisobotlari asosida tahlil ishlari olib borildi. Ish yakunida raqamli iqtisodiyot orqali barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlashga qaratilgan tavsiyalar ilgari surilgan.

Published

2025-10-15