O'ZBEKSITON VA QIRG'IZISTON IQTISODIY ALOQALARI: MUAMMOLAR, ISTIQBOLLAR VA HAMKORLIK YO NALISHLARI.
Keywords:
Kalit so'zlar: Energetika, transport, integratsiya, suv muammosi, chegara,Markaziy Osiyo, O'zbekiston, Qirg'iziston, iqtisodiy hamkorlik, savdo aloqalari.Abstract
Annotatsiya; Mazkur tezis O'zbekiston va Qirg'iziston Respublikasi o'rtasidagi iqtisodiy aloqalarning hozirgi holati, rivojlanish yo'nalishlari, mavjud muammolar va ularni hal etish bo'yicha istiqbolli chora-tadbirlarni tahlil qilishga bag'ishlangan.Markaziy Osiyodagi strategik hamkor davlatlar bo'lgan O'zbekiston va Qirg'iziston o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlar, ayniqsa, so'nggi yillarda yangi bosqichga ko'tarildi. Ayniqsa 2017-2024 yillar oralig'ida ikki tomonlama savdo, transport-logistika, energetika, qo'shma ishlab chiqarish va turizm sohalarida sezilarli o'sish kuzatildi. Tezisda ikki davlat o'rtasidagi iqtisodiy aloqalarning tarixiy rivojlanish bosqichlari, o'zaro savdo hajmidagi o'sish dinamikasi grafik ko'rinishda tahlil etiladi. Bunda O'zbekistonning tabiiy gaz, sanoat mahsulotlari va oziq-ovqat eksporti,Qirg'izistonning esa gidroenergetika va qishloq xo'jaligi mahsulotlari bilan almashinuvi o'z aksini topgan. Shuningdek, iqtisodiy munosabatlardagi asosiy muammolar-suv-energetika ziddiyatlari, chegara masalalari, bojxona tartiblaridagi farqlar, savdo muvozanatsizligi va transport infratuzilmasidagi cheklovlar alohida ko'rib chiqiladi. Tezisda bu muammolarni hal etish uchun tavsiya etilgan yechimlar,xususan, raqamli iqtisodiy integratsiya, qo'shma infratuzilma loyihalari, ko'p tomonlama institutlar orqali hamkorlik va iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish taklif etiladi.