XORIJIY INVESTITSIYALAR VA ULARNING O'ZBEKISTON IQTISODIYOTIGA TA'SIRI
Keywords:
Kalit so'zlar: xorijiy investitsiyalar, iqtisodiy o'sish, O'zbekiston iqtisodiyoti, investitsiya muhiti.Abstract
Annotatsiya; Ushbu tezisda O'zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarning ta'siri tahlil qilinadi. 2024-yilda mamlakatga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar hajmi 34,8 milliard dollarni tashkil etib, o'tgan yilga nisbatan 1,6baravarga oshdi. Asosiy kapitalga xorijiy investitsiyalar hajmi 333,8 trillion so'mga yetdi, bu esa 2023-yilga nisbatan 52,1% ga ko payganini ko'rsatadi. Investitsiyalar asosan energetika, kimyo sanoati, elektrotexnika va qurilish tarmoqlariga yo'naltirilgan. Hududlar kesimida Toshkent shahri, Namangan va Farg'ona viloyatlari xorijiy investitsiyalarni o'zlashtirishda yetakchilik qilmoqda. Xorijiy investitsiyalar iqtisodiyotning turli sohalarida ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish,yangi ish o'rinlarini yaratish va eksport salohiyatini kuchaytirish kabi ijobiy ta'sirlarni ko'rsatmoqda. Shu bilan birga, investitsiya muhitidagi ba'zi muammolar,masalan, qonunchilikdagi noaniqliklar va byurokratik to'siqlar, xorijiy investorlarning faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Ushbu tezisda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va ularning iqtisodiyotga ta'sirini yaxshilash bo'yicha takliflar ishlab chiqiladi.