KREDITLARNI TASHKIL ETISHNING NAZARIY ASOSLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: kredit, kreditlash, bank tizimi, kredit siyosati, kredit mexanizmi, moliyaviy resurslar, qaytariluvchanlik, to‘lovlilik, iqtisodiy o‘sish, risklarni boshqarish.Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada kreditlarni tashkil etishning nazariy asoslari, ularning iqtisodiy mohiyati va moliyaviy tizimdagi o‘rni tahlil etilgan. Kredit kategoriyasi tarixiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonida shakllangan bo‘lib, u xo‘jalik subyektlari o‘rtasida vaqtincha bo‘sh mablag‘larni qaytarish sharti asosida taqsimlash munosabatlarini ifodalaydi. Maqolada kreditning asosiy tamoyillari – qaytariluvchanlik, muddatlilik, to‘lovlilik, ta’minlanganlik va maqsadlilik konseptual yondashuvlar asosida sharhlab berilgan. Shuningdek, kreditning turlari, shakllari va funksiyalari bank tizimi faoliyatini rivojlantirish hamda iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashdagi roli nuqtai nazaridan baholangan. Kreditlash jarayonini tashkil etishda kredit siyosati, kredit mexanizmi va kredit monitoringining ahamiyati yoritilgan.