MUSIQA TA’LIMIDA CHOLG’U IJROCHILIGINING AHAMIYATI
Keywords:
Kalit so'zlar: Musiqa ta’limi, Cholg’u ijrochiligi, Pedagogika, Ijrochilik mahorati, Musiqiy rivojlanish, O‘quv jarayoni, San’at ta’limi, MetodikaAbstract
Musiqa ta’limida cholg’u ijrochiligi o‘quvchilarning musiqiy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirishda markaziy o‘rin tutadi. Ushbu maqola cholg‘u ijrochiligining nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni uyg‘unlashtirishdagi ahamiyatini tahlil qiladi. Uning yordamida talabalar ijrochilik mahoratini oshirish bilan birga, musiqiy asarlarni chuqur anglashga va ijodiy tafakkurni rivojlantirishga erishadilar. Shuningdek, cholg‘u ijrochiligi milliy va jahon musiqiy merosini o‘rganish, saqlash va kelajak avlodlarga yetkazishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Maqolada cholg‘u ijrochiligining musiqiy pedagogika va ta’lim jarayonidagi o‘ziga xos o‘rni va uning samaradorligini oshirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi.
Downloads
Published
2026-04-20
Issue
Section
Articles